Nafaqat Oʻzbekistonda, balki xalqaro miqyosda ham noyob imkoniyat – Moin Ahmad Nizami
Moin Ahmad Nizami, Oksford islom tadqiqotlari markazi ilmiy xodimi (Buyuk Britaniya)
— Toshkentga ham, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga ham ilk bor kelishim. Binodan juda hayratda qoldim. Bu yangi bino chiroyli qurilgan va yaxshi bitkazilgan. Biroq gap faqat bino haqida emas, balki uning oʻzbek madaniyati, sivilizatsiyasi va tarixini oʻrganishdagi imkoniyatlari haqida ham bormoqda. Bu juda taʼsirli.
Koʻrganlarim ichida Qurʼon koʻrgazmasi alohida taassurot qoldirdi. Ayniqsa, bu yerda saqlanadigan eng muhim Qurʼon nusxasi — Usmon mushafi borligi meni quvontirdi. Uni asrab-avaylash zarur. Menimcha, oʻzbek sivilizatsiyasi va madaniyati markazi sifatida bu joy ana shunday muqaddas merosni saqlash uchun ideal manzildir.
Bu Oʻzbekistonda oʻziga xos tashabbus boʻlib, turli markazlarni va ilmiy maktablarni birlashtiryapti. Faqat Oʻzbekistonda emas, balki xalqaro miqyosda ham bu noyob imkoniyatdir. Yevropa, AQSh va musulmon dunyosidagi turli universitetlar hamda ilmiy markazlar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish mumkin boʻladi. Shunday hamkorlik loyihalari Oʻzbekiston tarixini yanada chuqurroq anglashga yordam beradi, deb oʻylayman. Shu yoʻnalishda ishlar davom etayotganidan xursandman.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi