“Biz katta taassurot ostidamiz” – Irina Osmanova





 


Irina OSMANOVA, Davlat din tarixi muzeyi Sharq dinlari boʻlimi katta ilmiy xodimi (Rossiya, Sankt-Peterburg):

 

– Katta taassurot ostidaman. Ekspertlar kengashida bizning loyihamiz Usmon Qurʼoni — Samarqand koʻfiy xatidagi qoʻlyozmasining faksimile nusxasiga bagʻishlangan. Bu faksimile nusxa 1905 yilda Peterburgda tayyorlangan, 50 dona nusxada. Bizning loyihamiz aniq ravishda shu faksimile nusxalarining tarqalishining virtual xaritasini yaratishga qaratilgan. Hozirgi kunda 23 nusxa maʼlum. Ular Peterburg, Moskva, Oʻzbekiston, Berlin, AQSh, Ozarbayjon va hatto BAAda saqlanadi.

Shuningdek, bunday maʼlumotlar ham bor: bir nusxasi Buyuk Britaniyada, balki Turkiyada ham saqlanayotgani haqida xabarlar kelgan. Faksimile nusxalar asl qoʻlyozmadan olingan boʻlib, u Islom sivilizatsiyasi markazining Qurʼon zalida asosiy eksponat sifatida saqlanadi. Taassurotlarim haqida gapiradigan boʻlsam, bu yerga birinchi marta kelmayapmiz. Soʻnggi marta mart oyida boʻlgandik va oʻshanda hali ochilishgacha juda koʻp ishlar qolganday tuyulgandi. Ammo hozir, sentabr oyida, ochilishga yaqin qolganda, menimcha, hammasi juda munosib va yuqori darajada tayyorlangan. Ekspozitsiya ham allaqachon tayyor. Biz katta taassurot ostidamiz.