Shavkat Mirziyoyev tashabbusi Oʻzbekistonning butun dunyoga tuhfasidir – Umar Abu Shaaf
Islom hamkorlik ligasi Tadqiqotlar boshqarmasi direktori Umar Abu Shaafning taʼkidlashicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT minbaridan Islom sivilizatsiyasi markazining yaqinda ochilishi haqidagi xabari butun dunyoga Oʻzbekistonning buyuk islomiy merosi borligi va uni barcha insoniyat koʻrishi kerakligi haqida ochiq xabar berish demakdir.

Umar Abu Shaaf, Islom hamkorlik ligasi Tadqiqotlar boshqarmasi direktori (Saudiya Arabistoni)
– Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurganimdan juda faxrlanaman. Bu markazni qurish tashabbusini Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT minbaridan eʼlon qilgan va bu — Oʻzbekistonning butun dunyoga tuhfasidir. Markazni aylanib chiqdim. Markaz juda chiroyli, u yirik islomiy-maʼrifiy majmua boʻlib, butun dunyo uchun ochiq. Inshaalloh, qayta tashrif buyuraman va bu yerda mavjud boʻlgan noyob eksponatlar bilan yanada chuqurroq tanishib, ularning barchasidan foydalanaman. Chunki ular islomiy meros va sivilizatsiyaning haqiqiy namunasidir va bundan barcha insoniyat naf koʻradi.
Forum juda chiroyli oʻtdi. Men unda Islom hamkorlik ligasi nomidan nutq soʻzladim. Forumda olimlar va mutafakkirlar ishtirok etishdi, men shaxsan ulardan juda koʻp foydali bilim va tajriba oldim. Ular oʻz boy tajribalari bilan forumga hissa qoʻshishdi va shubhasiz, bundan barchamiz katta foyda koʻrdik.
Rostini aytsam, bu juda ulkan va kuchli tashabbus. Ayniqsa, bu loyihani Prezidentingizning BMT minbaridan eʼlon qilgani — butun dunyoga Oʻzbekistonning buyuk islomiy merosi borligi va uni barcha insoniyat koʻrishi kerakligi haqida ochiq xabar berish demakdir. Bu markaz va uning gʻoyasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning dunyoga yoʻllagan xabari boʻlib, biz bundan faxrlanamiz va sharaf deb bilamiz.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi