"Buyuk allomalar yurti" turkum teleko‘rsatuvlar tayyorlanishi rejalashtirilmoqda
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Buyuk allomalar yurti (XVI-XX asr boshi)” medialoyihasi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Medialoyiha doirasida O‘zbekiston hududida yashab ijod qilgan buyuk allomalar (olimlar, ulamolar, madaniyat va sanʼat namoyandalari, shoir va yozuvchilar) haqida maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi. Mamlakatimizda boshqa yurtlardan kelib yashagan va ijod qilgan ilm-fan, madaniyat va sanʼat namoyondalari hayoti o‘rganiladi va ro‘yxati tuziladi.
Tadqiqot natijasida “Buyuk allomalar yurti” nomli ensiklopediya va qisqacha annotatsiyalar bilan allomalar reyestri shakllantiriladi. Bundan tashqari, turkum teleko‘rsatuvlar tayyorlanishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi bosh ijrochiligida tayyorlanishi ko‘zda tutilgan medialoyihaga, shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Sharqshunoslik instituti, WOSCU, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kabi tashkilotlar ham hamkorlik qilishi belgilangan.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
