Shavkat Mirziyoyevning BMTda ilgari surgan tashabbusi haqiqatga aylandi – Aladvaniy Shaker Saloh



2025 yil 26-27 sentabr kunlari Toshkent shahridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning islomning asl insonparvarlik mohiyatini   saqlash   va   madaniyatlararo   muloqotni rivojlantirish yoʻlidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan xalqaro ekspertlar forumi boʻlib oʻtdi. 


Davlatimiz rahbari yaqinda AQShning Nyu-York shahrida boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida soʻzlagan nutqida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, jumladan, ilm-fan va maʼrifat sohasidagi yangiliklarga alohida urgʻu berdi. Shu oʻrinda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi butun jahon ilmiy jamoatchiligi uchun kutilayotgan muhim voqea sifatida taʼkidlandi.


Ikki kun davomida boʻlib oʻtgan forumda 20 dan ortiq davlatlardan va IRCICA, ICESCO, TURKSOY, Butunjahon Islom Ligasi, Oksford universiteti, Rossiya Fanlar Akademiyasi, Christie’s kabi nufuzli xalqaro tashkilotlardan 100 dan ziyod mutaxassislarni birlashtirgan ushbu anjuman Oʻzbekistonda olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy siyosatning mantiqiy davomi va ilmiy hamkorlikning yangi bosqichidir. 




Aladvaniy Shaker Saloh,
Butunjahon islom uyushmasi konferensiyalar va tadbirlar direktori:

 

– Avvalo, biz Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etilgan xalqaro ekspertlar kengashida ishtirok etganimizdan juda xursandmiz. Anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan taniqli mutaxassislar ishtirok etdi.


Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT minbaridan ilgari surgan tashabbusiga binoan barpo etildi va bugun u haqiqatga aylandi. 


Markazning oʻzi juda goʻzal va boy. Undagi boʻlimlar juda ajoyib. Ayniqsa, unda Usmon (r.a.) mushafi — yagona va nodir Qurʼon nusxasi borligi kifoya. Bu mushaf butun islom olami uchun bebaho madaniy va tarixiy meros boʻlib, xalqaro va mintaqaviy miqyosda katta ahamiyat kasb etadi.


Markazda Qurʼoni karimning qimmatli qoʻlyozmalari ham mavjud. Ularning qiymati juda ulkan. 


Bosma nusxalar chop etilishi imkoniyati mavjudligi tufayli tezroq tarqaladi va butun insoniyatga bosma yoki elektron shaklda yetkazilishi mumkin. Qoʻlyozmalar esa oʻzining tarixiy ahamiyati bilan islom merosining bebaho qismi hisoblanadi.




Xalqaro ekspertlar forumi qatnashchilari Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nufuzli xalqaro tashkilot – Birlashgan Millatlar tashkiloti minbaridan turib bu sohada ilgari surgan tashabbuslarini eʼtirof etarkan, Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat Oʻzbekiston uchun, balki butun islom dunyosi uchun katta ahamiyat kasb etadi.