Prezident taʼkidlagan maʼnaviy nur — Islom sivilizatsiyasi markazida
🔴 114 qoʻlyozma, 3 tilda tavsif va Usmon Mushafi — tarixiy ekspozitsiyada sirli sayohat sizni kutmoqda

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda vijdon va eʼtiqod erkinligini mustahkamlash, diniy-maʼrifiy savodxonlikni oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida ham ana shu yoʻnalishdagi qoʻlyozma, bosma va elektron adabiyotlar jamlanib, maxsus ekspozitsiyalar tayyorlanmoqda.
Markazning eng asosiy boʻlimlaridan biri — Qurʼoni karim zalidir. Unda Yaratganning muborak kalomiga cheksiz ehtirom ifodalangan.
Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganidek:
“Qurʼonni eshitish, eshita olish — yuksak maʼnaviyat, maʼrifat. Qurʼon hech qachon yomonlikka daʼvat qilmaydi. Agar Qurʼoni karimni eshita olsak, eshittira olsak, bu muvaffaqiyat boʻladi. Elimizga nur keladi.”

Zaldagi markaziy eksponat — insoniyat tarixidagi ilk olti yozma nusxalardan biri sanaladigan Usmon Mushafidir. U umumbashariy ahamiyatga ega muqaddas bitik sifatida alohida oʻrin tutadi.
Shu bilan birga, zalda Qurʼoni karimning Oʻzbekistonga bevosita aloqador boʻlgan 114 nodir qoʻlyozmasi asl va faksimil nusxalarida namoyish etiladi. Ularning suratlari oʻzbek, ingliz va arab tillaridagi tavsiflar bilan toʻldirilgan. Ayrim qoʻlyozmalar faksimile va mulyaj koʻrinishida qayta yaratilmoqda.

Mutaxassislar taʼkidlaganidek, mamlakatimizda asosan Hafs an Osim qiroatidagi nusxalar keng tarqalgan boʻlsa-da, ekspozitsiyada boshqa qiroatlarda yozilgan mushaflar ham namoyish etiladi. Har bir qoʻlyozmaga ilmiy izoh va sharhlar tayyorlanib, ziyoratchilarga xattotlik maktablari, yozuv uslublari, davr va bezaklari haqida mukammal maʼlumot taqdim etiladi.
Qurʼoni karim qoʻlyozmalarining butun tarixiy qatlamlari davrma-davr namoyon boʻladi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma