Birinchi Renessans ekspozitsiyasi: tarix, ilm va sivilizatsiyalar uygʻonishi yoʻlida

🔴 Allomalar merosi va muqaddas artefaktlar

 

🔴 Paygʻambar xatlaridan to Minorai Kalon maketigacha...



 

    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyining  Birinchi Renessans davri ekspozitsiyasini takomillashtirish ishlari jadal davom etmoqda. 

 

    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzyoyi Birinchi Renessans davri ekspozitsiyasini yakuniy bosqich jarayonlarini tahlil qilish, kontentlarni takomillashtirishga bagʻishlangan navbatdagi muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.

 

    Yigʻilishga Ishchi guruh rahbari, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti akademik Bahrom Abduhalimov rahbarlik qildi.

 

    Tadbirda IX–XIII asrga oid nodir artefaktlar, Paygʻambar Muhammad s.a.v. xatlari, Usmon mushafining sahifalari, Minorai Kalon maketi va Saudiya Arabistonidan keltirilgan muqaddas Kaʼbapoʻsh hamda Kaʼba kalitlarining ekspozitsiyada namoyishi, ilmiy mazmun va dizayni muhokama qilindi.

 

    Birinchi Renessans davriga bagʻishlangan 7 kapsuladan iborat boʻlimda Paygʻambar Muhammad s.a.v. hukmdorlarga yoʻllagan xatlar, Usmon mushafining sahifalari, hamda buyuk allomalar – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy ilmiy merosiga oid maʼlumotlar oʻrin olgan.

 

    Shuningdek, XII asrda Qoraxoniylar davrida qurilgan va Buxoroning tarixiy ramzi sanaladigan Minorai Kalon maketi ekspozitsiyaning muhim qismi sifatida alohida eʼtirof etildi.

 

    Ishchi guruh aʼzolari tomonidan ayrim kamchiliklar va takliflar ham bildirildi. Jumladan, devor dizaynidagi imloviy xatolarni tuzatish, ekspozitsiyada artefaktlarni sulolalar kesimida qayta joylashtirish, kapsulalar tashqi qismidan unumli foydalanish kabi takliflar bildirildi.

 

    Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov ekspozitsiyani zamonaviy media loyihalar va animatsiyalar bilan boyitish, Gʻaznaviylar, Saljuqiylar, Somoniylar, Qoraxoniylar va Xorazmshohlar sulolalariga bagʻishlangan yangi ekspozitsiyalar tayyorlash boʻyicha qoʻshimcha topshiriqlar berdi.



 

    Tadbir ishtirokchilari Saudiya Arabistonidan olib kelingan muqaddas artefaktlar – Kaʼbapoʻsh va Kaʼba kalitlarining muzey ekspozitsiyasida namoyish etish boʻyicha ham takliflar bildirildi.

 

    Mazkur uchrashuv Markaz muzeyi ekspozitsiyasining yanada takomillashishi va xalqaro darajada ahamiyati oshib borishida muhim qadam boʻldi.