Madrasalar qurdirgan, tarix yozgan va sulh yaratgan ayollar

 

🔴Davlat, ilm va sanʼatga yoʻl ochgan malikalar

 

🔴Siyosat va maʼrifat sahnasining haqiqiy yulduzlari



 

    Saroymulkxonim, Gavharshodbegim, Xonzodabegim, Gulbadanbegim... Bu nomlar Temuriylar sulolasi shon-shuhratining ajralmas qismi. Ular faqatgina saroy malikalari boʻlib qolmagan, balki siyosat, ilm, madaniyat va maʼrifat rivojiga ulkan hissa qoʻshgan.

 

     Amir Temurni tarbiyalagan ona

 

    Tegina Mohbegim – Amir Temurning onasi va uning maʼnaviy ustozi. Ilmga chanqoq, zakovatli bu ayol Sohibqironning yoshligidan uni bilimga undagan. Temur onadan erta ayrilgach, uning tarbiyasini opasi Qutlugʻ Turkon ogʻa davom ettirgan.



 

     Davlat maslaxatchisi va madrasa qurdirgan malika

 

    “Katta xonim” unvonini olgan Saroymulkxonim nafaqat Temurning turmush oʻrtogʻi, balki uning siyosiy maslahatchisi boʻlgan. U Samarqandda madrasa qurdirgan, ustalarga maslahat bergan, ilm ahliga homiylik qilgan.



 

     Jahon malikasi

 

    Abdurazzoq Samarqandiy uni “jahon malikasi” deb atagan. Gavharshodbegim davlat ishlarida hal qiluvchi shaxs boʻlgan: hokim tayinlash, sarkarda belgilash, mukofot va jazolar uning roziligisiz amalga oshmasdi. Hirotda qurdirgan madrasalari shuhrat qozongan.

 

     Mardlik timsoli

 

    1456 yilda Andijonda tugʻilgan Xonzodabegim – Boburning opasi. U zehn-zakovati, tarix va adabiyotdan xabardorligi bilan tanilgan. Shayboniyxon uni sulh ramzi sifatida nikohga jalb qilmoqchi boʻlgani manbalarda qayd etiladi.



 

     Tarix yozgan malika

 

    Boburning qizi Gulbadanbegim “Humoyunnoma” asari muallifidir. Bu kitob orqali saroy hayoti, marosimlar, kiyim-kechaklar, urf-odatlar haqida qimmatli maʼlumotlar yetib kelgan.

 

     Saroy nuri

 

    Jahongirshohning suyukli xotini Nurjahonbegim nafaqat goʻzal, balki iqtidorli ayol boʻlgan. “Maxfiy” taxallusi bilan gʻazallar yozgan, hatto atir kashf qilgani manbalarda keltiriladi.

 

     Maxfiy taxallusi ortidagi daho

 

    Avrangzeb Olamgirning qizi Zebunniso begim sheʼriyat, musiqa, xattotlikda yetuk boʻlib, Qurʼonni koʻchirib yozgan va yoddan oʻqigan. U olimlar va shoirlarga homiylik qilib, ilm ahlini moddiy qoʻllab-quvvatlagan.

 

    Bugun Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyida Temuriy malikalar obrazlari zamonaviy talqinda namoyish etilmoqda. Bu – tarixni qayta his etish, maʼnaviy merosimiz bilan yuzlashish va ilhomlanish imkonidir.

 

Gavhar Eshonqulova

P/S:Maqoladan markaz rasmiy sayti havolasini koʻrsatgan holda foydalanish mumkin