Baytul hikmadan koinotgacha — Sharqning buyuk uygʻonishini koʻrishni istaysizmi?
🔴Tarixiy merosning zamonaviy ilhom ruhi sizni qarshi oladi
🔴Beruniy va Ibn Sinoni qayta “tiriltirgan” ekspozitsiya

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyining “Birinchi renessans boʻlimi“da namoyish etiladigan monumental asarlarda rang va tasvirlar uygʻunligiga alohida eʼtibor berilmoqda.
Shu bois Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida rassomlar, olimlar va komissiya aʼzolari ishtirokida oʻtkazilgan navbatdagi muhokama yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Markaz muzeyi ekspozitsiyasi uchun Oʻzbekiston xalq rassomi Bahodir Jalolov tomonidan yaratilgan uchta monumental asar —
▪️“Bogʻdod akademiyasi va Baytul hikma”,
▪️“Xorazmdagi Maʼmun akademiyasi”,
▪️“Islomning kirib kelishi va ilm-fan tantanasi” namoyish etildi.
Asarlarda Sharqning IX–XI asrlardagi ilmiy hayoti, allomalar suhbatlari, kutubxonalar, ilm va maʼrifatga chanqoqlik jonli tasvirlangan. Xususan, yulduzlar va koinotga oid detallar asarlarga falsafiy mazmun bagʻishlagan.

Komissiya aʼzolari va olimlar mazkur asarlar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirib, har bir detal borasida fikr almashishdi. Muhokama jarayonida asarlar tarixiy merosni nafaqat aks ettirishi, balki bugungi avlodni ilm va maʼrifat sari chorlovchi ilhom manbai ekani taʼkidlandi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi