“Hasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkir al-ahbob” asari”ga bag‘ishlangan maxsus ekspozitsiya tashkil etilishi mumkin
Markaz tomonidan navbatdagi yirik ilmiy-ma’rifiy loyiha – “Hasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkir al-ahbob” asari” medialoyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha VI asrning mashhur tazkiranavisi Hasanxo‘ja Nisoriyning shu nomli asarini chuqur o‘rganish, uning adabiy va tarixiy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan.
Bahouddin Hasanxo‘ja Nisoriy asli buxorolik bo‘lib, shoirlik bilan bir qatorda, tibbiyot, tafsir, handasa, falakiyot, musiqa va xattotlik bilimlarini egallagan. Sug‘d hokimi bo‘lgan Shayboniy Rustam Sultonning sadri bo‘lib xizmat qilgan. 1526-yildan keyin Balxda Kamoluddin qo‘noq madrasasida handasadan dars bergan.
“Muzakkir al-ahbob” asari Nisoriyning eng mashhur asari hisoblanadi. Asar Juyboriy xojalaridan Xo‘ja Muhammad Islomga bag‘ishlangan va VI asrning birinchi yarmida Buxoroda o‘tgan 260 dan ziyod turkiyzabon shoirlar haqida qisqacha ma’lumotlar keltirgan. Asar qisqa so‘zboshi, muqaddima, to‘rt bob va xotimadan iborat.
Loyiha doirasida “Muzakkir al-ahbob” asari ilmiy tahlil qilinib, uning tarixiy, adabiy va madaniy ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqotchilar tomonidan asarning qo‘lyozma nusxalari o‘rganilib, matn chuqur tahlil qilinadi va ilmiy ishlanmalar tayyorlanadi. Shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazida ushbu asarga bag‘ishlangan maxsus ekspozitsiya tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
