Oʻzbekiston tarixi 3D formatda! Buni siz albatta koʻrishingiz kerak

 

🔴 Asrlar orasida yoʻl ochishga tayyormisiz?

 

🔴 Jadidlardan mustaqillikkacha – bir sayohatda!




    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyida yaratilayotgan “Vaqt tuneli” nomli innovatsion ekspozitsiyada mamlakat tarixi va sivilizatsiya taraqqiyotini zamonaviy multimedia texnologiyalari orqali namoyish etishga rejalashtirilgan.

 

     Ekspozitsiyada uchta asosiy tunel tashkil etilmoqda:

 

➖Birinchi tunel – islomdan avvalgi sivilizatsiyalardan Birinchi Renessansgacha;

 

➖Ikkinchi tunel – Birinchi Renessansdan Ikkinchi Renessansgacha;

 

➖Uchinchi tunel – Ikkinchi Renessansdan Uchinchi Renessansgacha boʻlgan davr.

 

    Har bir tunelda ekranlarda tarixiy hujjatlar, foto va video arxivlar, animatsiyalar, 3D vizualizatsiyalar namoyish etiladi. Yorugʻlik toʻlqinlari va ovoz effektlari esa tashrifchilarni haqiqiy vaqt oqimi orqali “sayohat” qiladi.

 

    Aynan uchinchi tunel XX asr voqealariga bagʻishlanib, jadidchilik davri, 1937 yil qatagʻonlari, Sharaf Rashidov singari tarixiy shaxslar, shuningdek, Oʻzbekiston mustaqilligiga oid jarayonlarni qamrab oladi.



 

    Ekspozitsiyada turli tarixiy artefaktlar – jadidlarning kitoblari, shaxsiy ashyolari, mustaqillik ramzlari ham namoyish etiladi.

 

    Markazning navbatdagi kengash yigʻilishida qayd etilishicha, “Vaqt tuneli” ekspozitsiyasi yurtimiz tarixini zamonaviy va taʼsirchan tarzda namoyish qilib, yoshlar hamda xalqaro mehmonlarga milliy merosimizdan yanada chuqurroq tasavvur beradi.

 

Ilmiy kengash aʼzolari mazkur loyiha konsepsiyasini maʼqullashdi.