Bugun ommalashgan GPSning yaratilishiga nima sabab boʻlgan?

 

🔴Olimlar osmondan qanday xabar olgan?

 

🔴Astronomiya sirlari qay tarzda ochildi?



 

    Astronomiya tarixi insoniyatning osmonga qarab izlanishi, sirli hodisalarni tushunish va ratsional ilmiy asosga oʻtgan safarini namoyon qiladi. 960 yilda mashhur astronom Abd ar-Rahmon as-Sufiy Ptolemeyning yulduzlar katalogini qayta koʻrib chiqib, usturlob yordamida hanuzgacha ahamiyatga ega boʻlgan eng qadimiy yulduzlar xaritasini tuzdi.

 

    Shundan soʻng astronomlar osmon mexanikasi qonunlarini ishlab chiqish orqali vaqt va makonni hisoblash, kelajakdagi hodisalarni bashorat qilish imkoniyatiga ega boʻldilar. Bu jarayon kalendar, sekstant va zamonaviy GPS kabi asboblarning yaratilishiga yoʻl ochdi.

 

    Zamonaviy astrofizika esa yulduzlar, tumanliklar va galaktikalarning tabiati hamda taraqqiyotini oʻrganish orqali insoniyatning olam toʻgʻrisidagi bilimlarini chuqurlashtirdi.

 

    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspozitsiyasida ayni shu ilmiy kashfiyot ham oʻrin oladi. Bu esa tashrif buyuruvchilarda astronomiya ilmi haqida tasavvur uygʻotishga xizmat qiladi.