31 AVGUST — OʻZBEKISTON MUSTAQILLIGI EʼLON QILINGAN KUN VA “QATAGʻON QURBONLARI XOTIRASINI YoD ETISh KUNI”



 

    1991 yil 31 avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida mamlakatning davlat mustaqilligi eʼlon qilinib, “Oʻzbekiston SSR” rasman “Oʻzbekiston Respublikasi” deb nomlandi. Shu kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida”gi Qonun ham qabul qilindi.

 

    Bu qaror xalqimizning oʻz taqdirini oʻzi belgilash, ozod va suveren davlat barpo etish yoʻlidagi azaliy intilishlarining amaliy ifodasi boʻldi. 1 sentabr esa — xalqimiz uchun eng ulugʻ, eng aziz kun — “Mustaqillik kuni” sifatida tarixga muhrlandi.



 

    2001 yildan boshlab 31 avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan “Qatogʻon qurbonlari xotirasini yod etish kuni” sifatida belgilangan. Bu sana — totalitar tuzum davrida asossiz ravishda taʼqib va jazoga uchragan, vatan va xalq uchun hayotini fido etgan insonlarni eʼzozlash, va milliy xotirani asrash kunidir.

 

    Toshkent shahridagi “Shahidlar xotirasi” maydoni — ana shu fidoiylar xotirasini abadiylashtirish, milliy oʻzlikni mustahkamlash va kelajak avlodni tarbiyalashga xizmat qiluvchi muqaddas maskan hisoblanadi.

 

    31 avgust — mustaqillik arafasida nafaqat milliy erkinlik, balki tarixiy adolat tiklangan kun sifatida qalblarimizda oʻchmas iz qoldiradi. Bu sana yurtimiz oʻtmishi, buguni va kelajagi oʻrtasida maʼnaviy bogʻlovchi koʻprikdir.