Registon xazinasidan topilgan koʻza – tarixning jonli guvohi
🔴 Oʻrta asr hunarmandchiligining shedevri – Toshkent muzeyida
🔴 Markaziy Osiyoda topilgan koʻza tarixchilarni hayratga soldi!
Markaziy Osiyo XI–XIII asrlarda yuksak sivilizatsiya va sanʼat markazlaridan biri sifatida tarixda alohida oʻrin tutgan. Bu davrda hukmronlik qilgan Saljuqiylar sulolasi merosi meʼmoriy inshootlardagina emas, balki amaliy va dekorativ sanʼat buyumlarida ham oʻz ifodasini topgan.
Xususan, kumush inkrustatsiyali bronza buyumlar Saljuqiylar davri hunarmandchiligining eng yuksak namunasi sifatida tarixiy ahamiyat kasb etadi. Aaron kolleksiyasida saqlanayotgan ikki yarimsharli kosa va shamdon, shuningdek, XIII asrga oid kumush inkrustatsiyali bronza koʻza ana shunday boy madaniy merosning yorqin misollaridir.
Ayniqsa, Samarqanddagi mashhur Registon maydonida topilgan xazinadan aniqlangan ushbu koʻza tarixiy jihatdan beqiyos ahamiyatga ega. Bugungi kunda u Toshkentdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyida saqlanmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, bunday artefaktlar nafaqat tarixiy va ilmiy jihatdan, balki milliy madaniy merosimiz uchun ham bebaho qimmatga ega. Oʻzbekiston muzeylarida bunday topilmalarning kamligi ularning ahamiyatini yanada oshiradi. Shu bois ularni yaratilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasiga olib kelish rejalashtirilmoqda.
Taʼkidlanishicha, mazkur buyumlar bronza, mis, kumush va latundan tayyorlangan boʻlib, balandligi 12 santimetr, diametri esa 28 santimetrni tashkil etadi.
Bu qadam Saljuqiylar davrining jahon sivilizatsiyasi va sanʼat tarixidagi oʻrnini yanada yorqinroq namoyon etadi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
