1995 yil 26 avgust — Oʻzbekiston va YUNESKO oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
YuNESKO — Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha ixtisoslashgan agentligi boʻlib, 1945 yilda tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi — xalqaro hamkorlik orqali taʼlim, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirish hamda tinchlikni mustahkamlashdir. YuNESKO dunyo miqyosida madaniy meroslarni asrash, zamonaviy bilimlarni yoyish va xalqlar oʻrtasida oʻzaro anglashuvni kuchaytirishga xizmat qiladi.
1995 yil 26 avgust kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston hukumati va YuNESKO oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.
Bu hujjat:
⚫️ Oʻzbekistondagi tarixiy obidalarni xalqaro miqyosda eʼtirof etish;
⚫️ Taʼlim, fan va madaniyat yoʻnalishlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish;
⚫️ Madaniy merosni asrash va targʻib qilishda global yondashuvni taʼminlashga hamda qoʻshma dasturlarni amalga oshirishga asos boʻldi.
Ushbu hamkorlik natijasida Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlar YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritildi.
YuNESKO koʻmagida Oʻzbekistonda koʻplab tarixiy obidalar restavratsiya qilindi, ilmiy ekspeditsiyalar oʻtkazildi, taʼlim loyihalari yoʻlga qoʻyildi.
Bu sanani Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil qadam qoʻygan tarixiy kunlaridan biri sifatida eslab qolamiz.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
