Oksford saqlagan sir: ilk bor Al-Xorazmiy asari Islom sivilizatsiyasi markazida namoyish etiladi
🔴 Al-Xorazmiyning noyob kitobini endi koʻz bilan koʻrish mumkin
🔴 “Al-jabr” haqiqiy yurtiga qaytmoqda
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining jahon ilm-fani rivojiga ulkan hissa qoʻshgan allomalarimiz merosini keng jamoatchilikka yetkazishga navbatdagi “siri” ochildi.
Markaz ekspozitsiyalarida nafaqat diniy yozma yodgorliklar, balki ilm-fan taraqqiyotini belgilab bergan buyuk asarlar ham keng oʻrin olmoqda.
Shular jumlasidan, hozirda Oksford universiteti Bodlean kutubxonasida saqlanayotgan Muhammad al-Xorazmiyning mashhur asari – “Al-jabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob” nusxasi ilk bor Oʻzbekistonda jamoatchilikka namoyish etilishi kutilyapti.
IX asrda yozilgan ushbu risola zamonaviy algebra fanining asosiy manbai sifatida eʼtirof etiladi. Aynan ushbu asar orqali “al-jabr” atamasi ilm-fanga kirib kelgan va bugungi kungacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.
Kitobda arifmetik va geometrik hisoblar, kvadrat va ildiz tushunchalari, meros taqsimoti, savdo bitimlari va huquqiy masalalarda qoʻllangan amaliy misollar bayon etilgan.
Al-Xorazmiy asarni yozishda xalifa al-Maʼmun davrida ilm-fanga boʻlgan eʼtibor va homiylikdan katta ilhom olganini taʼkidlagan.
Markaz ekspozitsiyasida asarning ilmiy qimmati, tarixiy ahamiyati, turli tillardagi nashr va tarjimalari haqida ham maʼlumotlar joy olgan.
Islom sivilizatsiyasi markazining bu tashabbusi nafaqat milliy merosimizni targʻib qilish, balki jahon ilm-faniga oʻz hissasini qoʻshgan ajdodlarimiz ilmiy merosini qayta tiklash yoʻlida muhim qadam hisoblanadi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
