Markazni bunyod etishda ishtirok etish — katta ishonch va masʼuliyatdir!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Markaz ekspozitsiyasining diniy-maʼrifiy yo‘nalishdagi ilmiy-innovatsion loyihalariga bag‘ishlangan muhokama o‘tkazildi. Unda mamlakatimizda diniy-maʼrifiy yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tashkilotlar vakillari, olimlar va Markaz xodimlari ishtirok etdi.

 

Uchrashuvda masʼullar Markaz kutubxonasi fondini mahalliy va xorijiy nashriyotlarda chop etilgan diniy-maʼrifiy, ilmiy-ommabop, zamonaviy adabiyotlar bilan boyitish bo‘yicha fikr-mulohazalarini bayon etdi. Muhokama markaziga diniy-maʼrifiy yo‘nalishdagi eksponatlarning mazmuni, maʼlumotlarning asosli ekanligi, ularni boyitish va takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot markazlaridan mutaxassislarni jalb etish, buyuk ajdodlarimizning madaniy meroslarini ommalashtirish maqsadida ularning ilmiy-maʼrifiy asarlarning qo‘lyozma va nashr nusxalari qo‘rgazmasini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

 

Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan diniy-maʼrifiy yo‘nalishdagi islohotlar haqida iliq fikrlar aytildi. O‘zbekistondagi xalqaro Islom akademiyasi rektori Markaz ekspozitsiyasini tashkil etishda samarali ishlar amalga oshirilayotgani haqida so‘z yuritdi:

— O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi bo‘yicha oldimizga ustuvor vazifalar qo‘yilgan edi. Shu topshiriqlar asosida sohalar kesimida samarali ishlar qilinmoqda. Bunda Markaz ekspozitsiyasini boyitishda zamonaviy yondashgan holda ishlar olib borilmoqda. Bunda nodir kitoblar va qo‘lyozmalar ro‘yxati shakllantirilmoqda. Sohaviy yangiliklar va keng jamoatchilikka maʼlum bo‘lmagan manbalarni ekspozitsiya uchun taqdim etishni rejalashtirganmiz. Umuman olganda, Markaz bunyod etilishida hissa qo‘shish – bu katta ishonch va masʼuliyatdir!

 

Uchrashuvda, shuningdek, Markaz katta ilmiy xodimi Abdushukur Muratov loyihalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida o‘z maʼruzasi bilan qatnashdi, hamkorlar, diniy-maʼrifiy yo‘nalishda viloyatlarda faoliyat yuritayotgan tashkilotlar va hamkorlar onlayn ishtirok etib, mavzu doirasida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.