Oʻzbekistonning mashhur bozorlari Euronews nigohida

Dunyoga mashhur Euronews “Ipak yoʻli sarguzashtlari” turkum koʻrsatuvlarining navbatdagi sonini Oʻzbekiston bozorlariga bagʻishladi.
Koʻrsatuvda Toshkentdagi feruza gumbazli Chorsu bozori, Oloy va Mirobod bozorlari, Samarqandning Siyob bozori hamda kashtachilik mahsulotlari bilan mashhur Urgut bozori keng yoritilgan. Shuningdek, Buxorodagi anʼanaviy bosh kiyimlar va zargarlik buyumlari savdosi bilan tanilgan Telpakfurushon bozoriga ham alohida eʼtibor qaratilgan.
Ijodkorlar mazkur bozorlarni nafaqat savdo markazlari, balki mamlakatning boy madaniy hayoti, qadimiy hunarmandchilik anʼanalari va sivilizatsiyalar chorrahasi sifatidagi tarixiy timsoli sifatida taqdim etdilar.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi