Boburning jiyani bitgan tarixiy asar faksimil nusxasi yaratiladi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini yana-da boyitish maqsadida tarixiy va madaniy jihatdan o‘ta muhim manba — Mirzo Muhammad Haydar Dug‘lotningmashhur “Tarixi Rashidiy” asari ilmiy tadqiq etilib, uning faksimil nusxasini yaratish rejalashtirilmoqda.
XVI asrning yirik muarrixi, adibi va davlat arbobi Mirzo Muhammad Haydar Dug‘lot Movarounnahr hamda unga qo‘shni hududlarning siyosiy va madaniy hayotini o‘z asarida atroflicha yoritgan. “Tarixi Rashidiy” nafaqat tarixiy, balki adabiy jihatdan ham qimmatli asar hisoblanadi.
Asarning faksimile nusxasini tayyorlash — uning asl qiyofasini saqlab qolish, ilmiy jamoatchilik va keng ommaga tanishtirishda muhim qadam hisoblanadi. Shu orqali tarix bilan bevosita muloqot imkoni yaratiladi.
Markaz ekspozitsiyasiga “Tarixi Rashidiy” asarining qo‘shilishi tashrif buyuruvchilar uchun yangi madaniy tajriba yaratib, tariximizning yana bir yorqin sahifasi bilan tanishishga zamin yaratadi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
