Mirzo Ulugʻbek nomi bitilgan bayroqlar aks etgan surat

Ilmiy merosimizda muhim oʻrin tutuvchi bu surat Mirzo Ulugʻbek davriga taalluqli boʻlib, hozirda Buyuk Britaniyaning Oksfordshir grafligidagi mashhur Sarixoniy kolleksiyasida saqlanmoqda.
Suratda buyuk astronom va davlat arbobi Ulugʻbekning oʻzi tasvirlanmagan boʻlsa-da, uning davri muhiti va saroy anʼanalarini aks ettiruvchi muhim detallar bor. Xususan, mulozimlar qoʻlidagi bayroqlarda quyidagi yozuv bitilgan:
“Mirzo Ulugʻbek Koʻragon... Alloh uning saltanatini boqiy qilsin”
Bu yozuvlar nafaqat hukmdorning siyosiy nufuzini, balki uning davridagi islomiy anʼanalarni ham ifoda etadi. Shu bilan birga, suratning saqlanayotgan joyi — Sarixoniy kolleksiyasi — Islom sanʼati va tarixiy yodgorliklarini oʻrganishda dunyodagi eng nufuzli toʻplamlardan biri hisoblanadi.
Mirzo Ulugʻbek nomi yozilgan bu bayroqlar tarixiy jihatdan ham, madaniy merosimiz ramzi sifatida ham oʻta qimmatlidir. Ular orqali biz Temuriylar davri davlat tantanalari, harbiy marosimlar va rasmiy yurishlar tartibi haqida qoʻshimcha maʼlumotlarga ega boʻlamiz.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi