Bolalar ilm olamiga interaktiv safar qiladi
🔴Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bolalar uchun tarix eshigini noodatiy ochadi
🔴 Yoshlar qalbida bilimga mehr uygʻotadigan ekspozitsiya
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bolalar uchun tarix va ilm olamiga yoʻl ochadigan yangi interaktiv ekspozitsiya tayyorlamoqda.
Markaz buyurtmasiga asosan Buyuk Britaniyaning nufuzli “1001 kashfiyot” tashkiloti rahbari Salim Ahmad jamoasi ishlab chiqqan loyiha zamonaviy texnologiyalar va animatsiya orqali yoshlarda kitobga, kashfiyotlarga va allomalar merosiga qiziqish uygʻotishni maqsad qilgan.
Markaz rahbari, Ilmiy kengash raisi Firdavs Abduxoliqov boshchiligida oʻtkazilgan navbatdagi yigʻilishda mazkur ekspozitsiyaning “1001 kashfiyot” konsepsiyasi taqdim etildi.
Unga koʻra, yoshlar uchun Markaz muzeyi ekspozitsiyasida ajratilgan maydondagi birinchi xona Oʻzbekiston bayrogʻi ranglarida bezatilib, 1 metrlik nurli metall kitob oʻrnatiladi. Kitobning ichki yorugʻlik effektlari kinoekranda namoyon boʻladigan hikoyalar bilan uygʻunlashib, sahifalaridan tarixiy voqealar, buyuk kashfiyotlar va ulugʻ allomalar hayotiga oid sahnalar “jonlanadi”.
Ekspozitsiyada bolajonlar dastlab Abu Rayhon Beruniy va Muhammad Xorazmiyning katta yoshdagi qiyofalari bilan tanishadi. Soʻngra “Ular yoshlikda qanday boʻlishgan?” degan savolga javob izlab, kinoteatr orqali allomalarning bolalik davri va ilm yoʻliga qadam qoʻyish manzaralarini tomosha qiladilar.
Buyuk Britaniyaning nufuzli “1001kashfiyot” tashkiloti rahbari ilmiy kengashda bolalar uchun moʻljallangan kontent mazmuni va texnik yechimlari haqida batafsil maʼlumot berdi hamda ishlarning izchil davom etayotganini taʼkidladi.
Xorijlik hamkorning qayd etishicha, eksponatlar London va Germaniyadagi yetakchi kompaniyalar tomonidan tayyorlanmoqda. Ularning 80 foizi allaqachon Oʻzbekistonga yetkazilgan, qolgani esa kelasi hafta oxiriga qadar olib kelinadi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!
