Tarixiy sahnalarga olimlar va dizaynerlar hamkorlikda hayot bagʻishlashmoqda
🔴 Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar ekspozitsiyasida yangi nafas
🔴 Tarix nafasi va zamonaviy dizayn: Ipak yoʻlidan Xorazmga sayohat
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari boʻlimidagi ikki yirik ekspozitsiya — “Qadimgi Xorazm” va “Buyuk Ipak yoʻli” boʻlimlariga bagʻishlangan navbatdagi ilmiy-amaliy muhokama boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Markazning yetakchi olim va mutaxassislari, ilmiy maslahatchilari hamda Turkiyaning “Outdoor Factory” kompaniyasi dizaynerlar guruhi ishtirok etdi. Unda ekspozitsiyalarni mazmunan boyitish, tarixiy haqqoniylikni taʼminlash va vizual jozibasini oshirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.
Muhokamada tarix fanlari doktori Jannat Ismoilova, professor Oʻktam Mavlonov, tarix fanlari doktori, professor Mirsodiq Ishoqov, sanʼatshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori Otabek Orifjonov, Markaz katta ilmiy xodimi Alisher Egamov hamda dizayner va texnik mutaxassislar faol ishtirok etdi. Eksponatlar roʻyxati qayta koʻrib chiqilib, zarur tahrir va tuzatishlar kiritildi.
“Buyuk Ipak yoʻli” boʻlimi muhokamasida tarixiy bozorga kirish qismidagi meʼmoriy elementlar, bezak yechimlari hamda videokontentda namoyon boʻladigan ilk oʻrta asr sugʻdiy savdogarlar kiyimlari haqida fikr almashildi. Professor Oʻktam Mavlonov va dizaynerlar tomonidan tarixiy aniqlik hamda badiiy ifoda uygʻunligini taʼminlash boʻyicha takliflar bildirildi.
“Qadimgi Xorazm” boʻlimi muhokamasida esa professor Mirsodiq Ishoqov rahbarligidagi ishchi guruh zardushtiylik davriga oid eksponatlar joylashuvi, abadiy olov boʻlimi, tasvir va suratlarning yoritilishi, videokontentdagi personajlar obrazlari hamda umumiy rang uygʻunligi masalalarida dizaynerlar bilan hamkorlikda ish olib bordi.
Yigʻilish yakunida ikki boʻlim videokontenti tarixiy asosga ega va vizual jihatdan taʼsirchan boʻlishi uchun qoʻshimcha ilmiy izlanishlar oʻtkazish, zarur hollarda olimlardan qoʻshimcha maʼlumotlar olish hamda dizaynerlar bilan yaqin hamkorlikda ishlash boʻyicha kelishuvga erishildi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
