90 foizlik natija: islomdan avvalgi davr ekspozitsiyasini shakllantirish soʻnggi bosqichda
🔴 Arxeologiyadan ekrangacha...
🔴 Oʻtmishga sayohat — kelajak texnologiyalarida
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspozitsiyasining “Islomdan avvalgi davr” boʻlimida nima ishlar boʻlyapti?
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Islomdan avvalgi davr” boʻlimida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobi yuzasidan Fransiyaning “Avesta group” dizayn kompaniyasi va boʻlim ishchi guruhi vakillari ishtirokida tahliliy yigʻilish oʻtkazildi. Unda boʻlim ekspozitsiyasini mazmunan va vizual jihatdan boyitish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻrt asosiy yoʻnalishda taqdim etildi.
1. Kontent bilan taʼminlash. Ilk baholashda 60 foiz deb qayd etilgan koʻrsatkich yangilangan maʼlumotlarga koʻra 80–90 foizga yetgani maʼlum qilindi.
2. Matnlar tayyorlash. Hozirgi kunda 38 ta matndan 26 tasi tayyor boʻlib, vazifa ijrosi koʻrsatkichi 60 foizga yetdi. Yaqin orada bu natijani 90 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
3. Media mahsulotlar. Jami 14 ta videorolik va qisqa metrajli filmlar boʻyicha ishlar davom etmoqda. Barcha mahsulotlar boʻyicha studiya va kinokompaniyalar bilan shartnomalar imzolangan, ssenariylar ekspertlar tomonidan maʼqullangan.
4. Grafik shakllar. Turkiyaning “Outdoor Factory” kompaniyasi bilan hamkorlikda ekspozitsiyaning tegishli sektorlariga qoʻllaniladigan ornamentlar belgilab olindi. Dizaynerlar ularning rang, joylashuv va namoyish parametrlarini belgilash ustida ish olib borishmoqda.
Markaz va “Avesta group” vakillari taʼkidlaganidek, mazkur ishlar “Islomdan avvalgi davr” boʻlimi ekspozitsiyasini mazmun va shakl jihatidan toʻliq boyitishga xizmat qiladi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
