Amir Temur yorlig‘i qayerda saqlanadi?
Amir Temur yorlig‘i bizgacha yetib kelgan eng nodir hujjatlardan biri sifatida beqiyos qadr-qimmatga ega. Yorliq Samarqand qog‘oziga turkiy tilda chiroyli nasta’liq xati bilan bitilgan va uning hajmi bir varaq (o‘lchovi 29x47 sm), 11 satrdan iborat. Vaqt o‘tishi bilan qog‘oz ancha uringan, shu tufayli uning ayrim so‘zlarini o‘qish mushkullashgan.
"Yorliq"ning birinchi va uchinchi qatorlarining o‘ng tomonida bodom shaklidagi muhr bosilgan. Muhrning o‘rta qismida yirik harflar bilan "Amir Temur Ko‘ragon bin Tarag‘ay" deb yozilgan. Muhrning hoshiyasida esa mayda harflarda yozilgan va o‘qilishi qiyin Qur’oni Karim oyatlari keltirilganini taxmin qilish mumkin.
Amir Temur devoniga mansub bu muhim hujjat FA Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar xazinasida saqlanadi.
B. Mannonov, G. Ostonova va Sh. Kamoliddinlar muallifligidagi "Amir Temurning turkiy yorlig‘i" risolada yorliqning topilish va o‘rganilish tarixi, uning faksimile surati, arab imlosidagi matni va hozirgi o‘zbekcha tabdili, shuningdek ilmiy izohlar va tarixiy voqealar tahlili berilgan.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
