Shoir Turdi Farogʻiy adabiy merosiga ilmiy nazar

Oʻzbek adabiyoti tarixida mustahkam oʻrin egallagan buyuk shoirlardan biri — Turdi Farogʻiy. Uning adabiy merosi xalqimizning maʼnaviy boyligi, sheʼriyatimizning nafosat manbai hisoblanadi.
“Turdi Farogʻiy adabiy merosi” medialoyihasi doirasida shoir hayoti va ijodi boʻyicha ilmiy hamda ommabop materiallar tayyorlanmoqda.
Loyiha doirasida Turdi Farogʻiy hayoti va faoliyati aks etgan hujjatli film suratga olinishi belgilangan, shuningdek, tadqiqotchilar va adabiyotshunoslar bilan suhbatlar uyushtirilishi rejalashtirilgan.
Bu loyiha Islom sivilizatsiyasi markazining milliy adabiyot va maʼnaviyatni keng targʻib qilishga qaratilgan ishlarining uzviy davomidir.
Turdi Farogʻiy ijodiy merosini yosh avlodga yetkazish, uning asarlari orqali insoniylik, bagʻrikenglik va millatparvarlik gʻoyalarini mustahkamlash — loyihaning asosiy maqsadidir.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi