Amir Temur davridagi nodir vaqf hujjatlari Islom sivilizatsiyasi markaziga taqdim etildi
🔴 Temuriylar davri huquq anʼanalariga oyna tutgan vaqfnomalar
🔴 Huquq, tarix va maʼrifatni uygʻunlashtirgan manbalar

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi yana bir tarixiy durdona bilan boyidi — Amir Temur davriga oid ikki nusxadagi nodir vaqf hujjatlari muzeyga kelib tushdi.
Oʻzbekiston Milliy arxividan taqdim etilgan mazkur hujjatlar — Buyuk Sohibqiron Amir Temurning shaxsan ishtirokida tuzilgan va oʻsha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi vaqfnomalardir. Ular Markazda qadrli eksponat sifatida namoyish etilmoqda.
Birinchisi – 5 metrdan ortiq uzunlikda, 30 sm. kenglikda boʻlib, unda Samarqandning Yorkent hududidagi unumdor yerlarni vaqf qilish holati bayon etilgan. Ikkinchi hujjatning uzunligi 1,5 metr, eni 30 sm boʻlib, u Shofirkon tumanidagi Hazrati Xoja Orif ziyoratgohiga oid tegirmon, ulov va doʻkonlar kabi turli xil Buxorodagi ziyoratgoh, unumdor joylarni vaqf qilish toʻgʻrisida.
Birinchi hujjat Samarqand vaqfnomasi, ikkinchisi Buxoro vaqfnomasi deb ataladi.
Har ikki hujjat Temuriylar davridagi huquqiy anʼanalar, jamoat manfaatlarini taʼminlash va diniy-maʼrifiy muassasalarni qoʻllab-quvvatlash siyosati haqida muhim maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Islom sivilizatsiyasi markaziga keltirilgan ushbu vaqfnomalar — nafaqat hujjat, balki tarixning tirik guvohidir. Ular kelajak avlod uchun maʼnaviy meros, ilmiy manba va milliy iftixor namunasidir.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi