Mashhur Luvr muzeyi rekonstruksiya qilinadi

Fransiya madaniyat vazirligi Luvr muzeyini rekonstruksiya qilish boʻyicha 800 million yevroga teng katta hajmdagi loyihani amalga oshirishni boshladi. Ushbu “Yangi Luvr Renessansi” deb nomlangan tashabbus kelgusi yillarda muzeyni zamonaviy talablarga mos holda qayta jihozlashni koʻzda tutadi.
Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati xalqaro tanlov eʼlon qilib, loyihaning hakamlar hayʼati tarkibini rasman eʼlon qildi. Tanlovda ishtirok etuvchi arxitektorlar uchun arizalarni topshirish muddati 2025 yil 1 sentabrgacha belgilangan.
Hayʼatga Il-de-Frans prefekti Mark Giyom va Luvr direktori Lorans de Kar rahbarlik qiladi. Hayʼatning uchdan bir qismini mashhur arxitektura mutaxassislari tashkil qiladi. Ular orasida shisha piramidasi bilan tanilgan afsonaviy meʼmor Bey Yuyminning oʻgʻli — Sendi Pey ham bor.
Loyiha doirasida:
➖Luvr muzeyiga yangi kirish qismi,
➖Yangi koʻrgazma zallari,
➖Va mashhur “Mona Liza” (Jokonda) asari uchun maxsus ekspozitsiya maydoni barpo etilishi rejalashtirilgan.

Reja asosida 2031 yilga qadar rekonstruksiya ishlari toʻliq yakunlanishi kutilmoqda. Bu oʻzgarishlar Luvrning tarixiy qiyofasiga zamonaviylik bagʻishlashi va muzeyga tashrif buyuruvchilar uchun yanada qulay va madaniy muhit yaratishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 2022 yil noyabr oyida Oʻzbekiston va Fransiya Prezidentlari Luvrda “Oʻzbekiston vohalari xazinalari. Karvon yoʻllari chorrahasida” koʻrgazmasida ishtirok etgan. Xalqimizning boy madaniy merosiga bagʻishlangan koʻrgazma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning oktabr oyida Fransiyaga amalga oshirilgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq tashkil etilgan.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi