Navoiy asariga ishlangan miniatyura Buyuk Britaniyada saqlanmoqda
Buyuk Britaniyaning eng qadimiy ilm maskanlaridan biri — Oksford universiteti qoshidagi Bodlean kutubxonasida Alisher Navoiyning “Xamsa” asari qoʻlyozmasi saqlanadi. Unga ishlangan miniatyuralarning birida shoh Nushiravon aks etgan.
Ushbu miniatyura 1485 yilda Xuroson hukmdori Badiuzzamon Mirzo buyurtmasi bilan tayyorlangan boʻlib, “Hayrat ul-abror” asaridan oʻrin olgan.
Bu tasvir nafaqat Navoiy ijodini ifodalovchi tarixiy manba, balki XV asr miniatyura sanʼati anʼanalarining yuksak namunasidir. Unda asar qahramoni suhbatda oʻtirgan holda, milliy libosda, yozuv va arxitekturaviy ornamentlar ila bezalgan fon ostida tasvirlangan.
Ayni paytda mazkur miniatyura nusxasining Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida namoyishga qoʻyilishi rejalashtirilmoqda. Bu tashabbus mahalliy va xorijiy mehmonlar uchun Navoiy va uning davri haqida vizual tarixiy maʼlumot taqdim etishga xizmat qiladi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
