Amir Temur nomi tushirilgan shamdon nusxasi ITsM ekspozitsiyasidan joy olishi kutilmoqda

799 yil Hijriy (1397 milodiy) yilda Amir Temur Yassi shahriga (hozirgi Turkiston, Qozogʻiston) kelib, buyuk tasavvuf Xoja Ahmad Yasaviy qabrini ziyorat qilgan va shu yerda ulugʻ maqbara barpo etishni buyurgan. Maqbara ehtiyojlari uchun bir qator badiiy buyumlar — katta qozon, 6 ta shamchiroq, eshiklar, peshtoq (portal), va 4 ta halqa yuborilgan boʻlib, ularning aksar qismi bugungacha yetib kelgan.
Yassaviy maqbarasida topilgan shamdon oʻnta bezakli yoʻllar bilan oʻralgan boʻlib, balandligi 84,5 sm tashkil etadi. Uning oʻrta qismida suls xatida arabcha “Bu oliy hazratlari, dono, tinchlik va eʼtiqodning adolatli hukmdori Amir Temur Koʻragoniyning buyrugʻi bilan yasalgan, uning davlati va shonini Alloh abadiy qilsin” yozuvi tushirilgan. Boshqa bitiklarda ham Temurning shon-sharafi, baxtu saodati, tinchligi tilab yozilgan iboralar bor.
Poya qismining pastki qismida esa “799 yilning muborak Ramazon oyi 2-kunida, Izzaddin Tojiddin Isfahoniy tomonidan yasaldi” degan yozuv mavjud. Shamdonning bezaklari va xatlarning oʻzaro uygʻunligi, islomiy naqshlar orasida harflar joylashuvi shundan dalolat beradiki, uni Shomlik (Damashqlik) ustalar ishlagan boʻlishi mumkin.
Bu shamdon Temur davri islomiy ruh, sanʼat va maʼnaviy qadriyatlar uygʻunligining yorqin namunasidir. U orqali buyuk zotlar haqidagi ehtirom, ustalar mahorati va XIV asr madaniyati tasvirlanadi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma