Taniqli rassom Igor Savitskiy tavalludiga 110 yil toʻldi



 

   Bugun zamonaviy oʻzbek sanʼati va madaniyati tarixi uchun alohida oʻrin tutadigan shaxs — rassom, kolleksioner va muzey tashkilotchisi Igor Vitalevich Savitskiy tavalludiga 110 yil toʻldi.

 

    U nafaqat hunarmandlar sanʼati, balki XX asr avangardi, oʻzbek milliy rassomlik maktabi, xalq amaliy sanʼati va arxeologik topilmalarni saqlash va tadqiq qilish borasida betakror xizmatlar koʻrsatgan.

 

    Nukusdagi Qoraqalpoq davlat sanʼat muzeyi — dunyodagi eng yirik modern va avangard kolleksiyasiga ega muzeylardan biri — aynan Igor Savitskiy tashabbusi va fidoiyligi tufayli tashkil topgan. U taʼqiqlangan va unutilgan asarlarni jon kuydirib yigʻgan, ularni saqlab qolgan, va yangi hayot baxsh etgan.

 

    Bugungi kunda uning merosi nafaqat Nukus, balki butun dunyo muzeyshunoslari va sanʼat ixlosmandlari tomonidan yuksak baholanadi.