XVII asr: Boburiylar saltanati – Dehlida oʻzbek tilida yozilgan farmon

 

🔴 Juda katta ahamiyatga tarixiy manba

 

🔴 Avrangzeb sodiq qolgan meros.


    Dehli — XVII asr. Buyuk Boburiylar sulolasi poytaxti. Mana shu yerda, 1695 yilda sulton Avrangzebning saroyida mehmon boʻlib, davlat boshqaruvi, madaniy hayot va odatlar tanishib, ular haqida taassurotlarini oʻz safarnomasiga kiritgan rossiyalik sayyoh va diplomat Semyon Malenkiy bir muhim hujjatni ham oʻz safarnomasiga kiritadi: bu turkiy (eski oʻzbek) tilida yozilgan farmon.

 

    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida Boburiylar davriga alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, Avrangzeb davrida yaratilgan moddiy va madaniy yodgorliklar, kashfiyotlar, ilm-fan, sanʼt va madaniyat durdonalari oʻrin oladi.

 

    Malenkiyning yozuvlarida aytilishicha, Avrangzeb saroyida eski oʻzbek tili asosiy rasmiy til sifatida keng qoʻllanilgan va davlat ishlari shu tilda yuritilgan. Uning safarnomasida aynan shu davrda chiqarilgan turkiy (oʻzbek) tilidagi bir farmon nusxasi ham keltirilgan. Bu nusxa keyinchalik Rossiyaga olib ketilgan va hozirda Rossiya tashqi ishlar vazirligining markaziy arxivida saqlanmoqda.

 

    Bu tarixiy manba juda katta ahamiyatga ega. Chunki XVII asr oxirlariga qadar ham Boburiy sulolasi oʻz ildizlarini unutmagani, oʻz ona tilini davlat boshqaruvining asosiy vositasi sifatida saqlab qolganini koʻrsatadi. Maʼlumki, Boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur oʻzini oʻzbek, turkiy va mahalliy madaniyatning ajralmas bir qismi sifatida his qilgan. Avrangzeb esa uning avlodi sifatida ham shu merosga sodiq qolgan.

 

    Bu farmonning turkiy tilida yozilishi nafaqat siyosiy hujjat sifatida, balki madaniy meros sifatida ham bebaho ahamiyat kasb etadi. Til – davlat, xalqning ruhi, uning tarixi va oʻzligidir.