Qadimiy yozma manbalar davlat reyestrining maxsus 10 jildi chop etildi
Ushbu maxsus jildga Oʻzbekiston Respublikasi fondlarida saqlanayotgan Qurʼoni karim qoʻlyozmalari davlat reyestriga 910 ta Qurʼoni karim kitoblari haqida maʼlumotlar kiritilgan.
Davlat reyestrining maxsus 10-jildiga kiritilgan 910 ta qoʻlyozmadan OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondidan 296 ta, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasidan 355 ta, Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazidan 60 ta, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazidan 66 ta, Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi kutubxonasidan 64 ta, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Manbalar xazinasi boʻlimidan 32 ta, Oʻzbekiston Davlat sanat muzeyidan 2 ta, Xalqaro oltin meros xayriya jamoat fondidan 1 ta, Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasidan 17 ta, Qoʻqon davlat muzey qoʻriqxonasidan 7 ta, Qoʻqon adabiyot muzeyi 1 ta, Qoʻqon allomalar muzeyidan 1 ta, Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasidan 5 ta, Abul Muin Nasafiy ziyoratgohi muzeyidan 1 ta, Shahrisabz davlat muzey-qoʻriqxonasidan 3 ta qoʻlyozmalar kiritilgan.
Davlat reyestrining maxsus jildiga kiritilgan maʼlumotlarning xronologik davri VII asrdan XX asr boshiga toʻgʻri keladi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
