“Yangi Oʻzbekiston – yangi renessans poydevori” ekspozitsiyasi 9 yoʻnalishda shakllantirilmoqda
🔴“Yangi Oʻzbekiston – Yangi Renessans poydevori” ekspozitsiyasida nimalar aks etadi?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazini zamonaviy va innovatsion kontentlar bilan boyitish yuzasidan ishlar izchil davom etmoqda.
Shu munosabat bilan Markazning “Yangi Oʻzbekiston – Yangi Renessans poydevori” boʻlimiga oid masalalarga bagʻishlangan navbatdagi ishchi yigʻilish Zoom platformasi orqali oʻtkazildi. Yigʻilishda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati va targʻibotchi olimlar faol ishtirok etdilar. Aynan shu tuzilmalar tomonidan ushbu boʻlimni mazmun jihatdan boyitish, uni jamoatchilikka manzur tarzda taqdim etish yuzasidan taklif va mulohazalar ilgari surildi.
Yigʻilish davomida “Yangi Oʻzbekiston – Yangi Renessans poydevori” boʻlimi doirasida mamlakatimizda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, barcha sohalardagi bunyodkorlik ishlarini zamonaviy uslubda aks ettirish yuzasidan qizgʻin muhokamalar boʻlib oʻtdi.
Maʼlumot oʻrnida, Islom sivilizatsiyasi markazida barcha boʻlimlar boʻyicha ishlar jadal surʼatda olib borilmoqda. Xususan, “Yangi Oʻzbekiston – Yangi Renessans poydevori” boʻlimi doirasida quyidagi 9 ta yoʻnalish boʻyicha targʻibot va ekspozitsiya ishlanmalari tayyorlanmoqda:
▪️ “Yangi Oʻzbekiston tongi”
▪️ “Doimo xalq bilan”
▪️ “Yangi Oʻzbekistonning yangilangan Konstitutsiyasi”
▪️ “Adolatli ijtimoiy-siyosat”
▪️ “Yangicha iqtisodiy munosabatlar”
▪️ “Madaniy-maʼrifiy yuksalish”
▪️ “Tashqi siyosat va xavfsizlik”
▪️ “Yoshlar”
▪️ “Sport”
Ushbu ishlarga olimlar, ziyolilar va sohaning yetuk mutaxassislari faol jalb qilingan boʻlib, ular tomonidan boʻlimning mazmun va shakl jihatdan boy va zamonaviy koʻrinishda taqdim etilishi uchun munosib hissa qoʻshilmoqda.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
