ISM yangi medialoyiha: “Mulkat Ogʻo — ilm va maʼrifat homiysi”
Islom taʼrixida oʻchmas iz qoldirgan yirik ayol shaxsiyatlar orasida Mulkat Ogʻo Begim alohida oʻrin tutadi. Uning hayoti, maʼrifatparvar faoliyati bugungi kunda ham ibrat namunasidir.
Asli ismi Mulk Ogʻo boʻlgan ushbu ziynatli zot Temuriylar sulolasi davrida hayot kechirgan. Mulkat Ogʻo Begim nafaqat shahzodalar onasi, balki ilm va maʼrifat homiysi, ijtimoiy meʼmorlik anʼanalariga asos solgan ayol sifatida ham tarixda muhrlandi. U Hirot va Balx shaharlarida shifoxona, «Dorulhadis» xonaqohi, ikkita hammom, ravot, madrasa kabi bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan.
U tolibi ilmlar, muhaddislar va ulamolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlagan, ilm sohiblari uchun gʻamxoʻrlik qilishni oʻzining yuksak burchi deb bilgan. 1440 yilda Qobulda vafot etgan Mulkat Ogʻo Begim oʻzining vasiyatiga binoan Balxda qurdirgan madrasasiga dafn qilingan.
Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “Mulkat Ogʻo — ilm va maʼrifat homiysi” nomli medialoyiha malikaning hayoti va faoliyatini keng jamoatchilikka tanitish, uning maʼnaviy merosini qayta jonlantirishga qaratilgan.
Surat SI yordamida ishlandi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
