Misrdagi qadimiy qoʻlyozmalar Oʻzbekistonda namoyish qilinadi

Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasi direktori, Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etilayotgan Global koʻrgazma bosh kuratori. sanʼatshunoslik fanlari doktori, akademik Kamola Akilova va Misr milliy kitoblar va arxivlar uyi direktori maslahatchisi – Bab-ul-xalqdagi Misr kutubxonasi rahbari, doktor Huvayda Komil oʻrtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Suhbat avvalida Misr tomoni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishiga taklif etildi.
Tomonlar Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi doirasida oʻtkaziladigan "Oʻzbekiston madaniy merosi – butun insoniyat merosi" koʻrgazmasida Misr milliy kitoblar va arxivlar uyi fondida saqlanadigan qadimiy qoʻlyozmalarni namoyish etish imkoniyatini koʻrib chiqdilar.
Huvayda Komil Misr–Oʻzbekiston doʻstona aloqalarini eʼtirof etish barobarida Misr milliy kitoblar va arxivlar uyi Toshkentda oʻz kolleksiyalarini namoyish etishdan manfaatdorligini tasdiqladi.
Uchrashuv yakunida al-Xorazmiy, Ibn Sino, al-Fargʻoniy, al-Margʻinoniy, Alisher Navoiy kabi buyuk ajdodlarimiz merosiga oid qadimiy kitoblarni birgalikda tadqiq etishga kelishib olindi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi