O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini mazmunan boyitish ishlari qizg'in davom etmoqda
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida qurilayotgan Ilom sivilizatsiyasi markazi ochilish marosimi joriy yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shunga ko‘ra, ekspozitsiyani zamonaviy, innovatsion yechimlar hamda jahon andozalari asosida tashkil etish yo‘lida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Birinchi Renessans davri ekspozitsiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazilib, unda Italiyaning “Magister Art” kompaniyasi vakillari hamda olimlar ishtirokida ekspozitsiyani jahon andozalari asosida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazida Wilmotte&Associes kompaniyasi vakili Emmanuel Brelot, Markaz xodimlari, san’atshunos, tarixchi va manbashunoslar ishtirokida ekspozitsiya devorlari va ichki inteyeri muhokama markazida bo‘ldi.
Qolaversa, O‘zbekistondagi mega loyihani tashkil etish doirasida mahalliy olimlar va markaz mutaxassislari Ikkinchi Renessans davri ekspozitsiyasini boyitish maqsadida bir yerga jam bo‘ldi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
