Nurota togʻ tizmasidagi noyob qoyatosh suratlari hujjatlashtirildi

 

    Tadqiqotlar davomida Nurota togʻ tizmasining Oqtogʻ, Gʻoʻbdintogʻ va Qaroqchitogʻ togʻlaridan oqib tushuvchi soy va daralarda joylashgan Qoraqismoqsoy, Yetimsoy, Alamlisoy, Andoqsoy, Oqmoʻlasoy, Kuyukdara, Burgansoy, Jizmonsoy va Sangijumonsoy yonbagʻirlaridagi qoyatosh rasmlari oʻrganilib, roʻyxatga olindi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar qildi. 


    Joriy yilning iyun-iyul oylari davomida Madaniy meros agentligi huzuridagi Yahyo Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutining “Qoyatosh rasmlarini oʻrganish guruhi” tomonidan institutning ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Azbiddin Xolmatov rahbarligida “Oʻrta Zarafshon havzasi qoyatosh rasmlari katalogini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida muhim arxeologik tadqiqotlar amalga oshirildi.

 

    Mazkur loyiha doirasida Nurota togʻ tizmasining Oqtogʻ, Gʻoʻbdintogʻ va Qaroqchitogʻ togʻlaridan oqib tushuvchi soy va daralarda joylashgan Qoraqismoqsoy, Yetimsoy, Alamlisoy, Andoqsoy, Oqmoʻlasoy, Kuyukdara, Burgansoy, Jizmonsoy va Sangijumonsoy yonbagʻirlaridagi qoyatosh rasmlari zamonaviy usullar asosida oʻrganilib, roʻyxatga olindi.












    Tadqiqotlar davomida ibtidoiy kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, eʼtiqodi, dunyoqarashi va hayvonot olami haqidagi tasavvurlarini ifodalovchi koʻplab tasvirlar aniqlandi. Ushbu rasmlar orasida odamlar, ibtidoiy buqa va sigirlar, sher, bugʻu, togʻ echkisi, ot, qulon kabi yovvoyi hayvonlarning tasvirlari bor. Ayniqsa, togʻ echkilarining yugurib ketayotgani va ular ortidan sherning quvib borayotgan manzarasi alohida eʼtiborga loyiq. Qoyatosh rasmlari qadimgi odamlarning hayot tarzini, xoʻjalik faoliyatini, diniy qarashlarini oʻrganishda muhim ilmiy manba boʻlib xizmat qiladi.