VIII asrdagi nikoh shartnomasi Islom sivilizatsiyasi markaziga joylashtiriladi


    Islom sivilizatsiyasi markazida islomgacha boʻlgan davr madaniyati va huquqiy anʼanalarini oʻrganishga qaratilgan tadqiqotlar doirasida Mugʻ togʻida topilgan nodir hujjatlar, xususan, sugʻd nikoh shartnomasi alohida oʻrganilmoqda.

 

    Nov.3–Nov.4 raqamli shartnoma VIII asrga taalluqli boʻlib, sugʻd zodagonlaridan biri Oʻttegin va uning boʻlajak turmush oʻrtogʻi Dugʻdonchaning nikoh shartlari, huquq va majburiyatlarini belgilab bergan. Ushbu shartnoma 90 satrdan iborat boʻlib, teriga yozilgan va Mugʻ togʻidagi eng katta hajmdagi hujjatlardan biridir.

 

    Shartnoma tuzilishi:

 

    - Nikoh davomida er va xotinning oʻzaro burchlari;

 

    - Ajrim holatlarida moddiy va huquqiy kafolatlar;

 

    - Ikkala tomonning jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishiga oid shartlar;

 

    - Guvohlar, kotib va rasmiylar haqida maʼlumotlar;


    Eng muhimi – shartnoma xotinda saqlanishi kerakligi qayd etilgan nusxada koʻrsatilgan.

 

    Shartnomada erning majburiyatlari:

 

    - Xotinni ozodlikdan mahrum etmaslik,

 

    - U tahqirlangan taqdirda uni ota uyiga qaytarish,

 

    Ajrimda moddiy kafolat berish kabi masʼuliyatlar qatʼiy bayon etilgan.

 

    Bu hujjatdan maʼlumki, milodiy VIII asrda sugʻd jamiyatida oilaviy munosabatlar, mulk huquqi, erkak va ayol oʻrtasidagi huquqiy tenglik ancha taraqqiy etgan boʻlib, mahalliy hokimiyatlar tomonidan huquqlar himoyasi qonuniy asosda taʼminlangan.

    Islom sivilizatsiyasi markazi ushbu tarixiy manbalarni chuqur oʻrgangan holda, ularni keng jamoatchilik va ilm-fan namoyondalariga yetkazish maqsadida tadqiqotlar va media loyihalarni amalga oshirmoqda.

 


Egamov Alisher
Muzey va eksponatlar ilmiy boʻlimi katta ilmiy xodimi.
P/S:Maqoladan markaz rasmiy sayti havolasini koʻrsatgan holda foydalanish mumkin.