Chaupar qanday oʻyin?


    Kushonlar davrida ommalashgan chaupar oʻyini Baqtriya hududida (hozirgi Oʻzbekiston, Tojikistonning janubiy qismi va shimoliy Afgʻoniston) keng tarqalgan. 

    Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, mazkur oʻyin milodiy I-II asrdan keng tarqala boshlagan. Chaupar oʻyini maxsus matoda, aylana shaklidagi fishkalar va raqamlar bilan belgilangan oʻyin donalari yordamida oʻynalgan. Ularning shakli naysimon boʻlib, asosan fil suyagidan yoki oddiy suyakdan tayyorlangan. Oʻyin donalarida 1 dan 4 gacha boʻlgan raqamlar belgilangan boʻlib, oʻyin maqsadi fishkani markaziy nuqtaga yetkazishdan iborat boʻlgan.



    
    
    Arxeologik topilmalar Dalvarzintepa, Kampirtepa, Taxti Sangin, Surx-Kotal kabi yodgorliklardan topilgan. Mazkur oʻyinning shakl va mazmuni boʻyicha oʻxshash elementlar Taksila (hozirgi Pokiston), Gayrattepa, Panjikent kabi shaharlarda ham uchraydi. Bu esa Markaziy Osiyo xalqlari oʻrtasida madaniy aloqalar keng va faol boʻlganidan dalolat beradi. Ushbu oʻyin donalari baʼzilari oʻyma va gravyuralar bilan bezatilgan boʻlib, ular oʻyinning elita orasida keng tarqalganini taxmin qilinadi. Keyinchalik esa chaupar keng jamoat orasida ham ommalashgan.


   Islomgacha boʻlgan madaniyat va oʻyin anʼanalarini oʻrganish — Islom sivilizatsiyasi markazi muzey va ilmiy faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biridir. Chaupar kabi oʻyinlarga dam olish vositasi sifatida qaralgan. Mazkur oʻyin mulyaji OʻzITsM ekspozitsiyasidan oʻrin olishi rejalashtirilgan.