Bokuda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tajribasi taqdim etildi




    Bugun (18-iyul) Azarbaujonning Boku shahridagi ICESCO mintaqaviy vakolatxonasida xalqaro tashkilotga aʼzo davlatlarning birinchi yigʻilishi oʻtkazildi.

 

    Mazkur yigʻilish doirasida, mavzuga oid seminarlar, maʼruza va taqdimotlar boʻlib oʻtdi. ICESCO Xalqaro taʼlim, ilm-fan va madaniy tashkilotga aʼzo davlatlar vakillari, jumladan, Azarbayjon, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston kabi davlat vakillari ishtirok etdi.



 

    Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Islom dunyosi taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO)ning 1-regional xalqaro seminari boʻlib oʻtdi. Seminarda Markaziy Osiyo davlatlari — Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston hamda mezbon Ozarbayjondan taʼlim va madaniyat sohasidagi rasmiylar, olimlar va ekspertlar ishtirok etdi.

 

    Ushbu nufuzli anjumanda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Gulnora Gʻaniyeva seminar qatnashchilariga Markaz faoliyati, olib borilayotgan ilmiy-maʼrifiy loyihalar haqida maʼlumot berdi.



 

    Xususan, Islom tamaddunida Oʻzbekiston hududining tutgan oʻrni, buyuk allomalar merosini oʻrganish va targʻib qilish, shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida ishlab chiqilayotgan ekspozitsiyalar va multimediaviy kontent haqida fikrlar bildirildi.

 

    ICESCO seminari Islom dunyosida taʼlim va madaniyat sohalaridagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish uchun samarali platforma boʻlib xizmat qiladi.