Fransiya qirolining Amir Temurga yoʻllagan maktubi OʻzISM ekspozitsiyasiga joylashtiriladi
Amir Temur va Fransiya qiroli oʻrtasidagi diplomatik maktub Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan oʻrin olishi kutilmoqda.
1403 yil 15 iyun sanasida Fransiya qiroli Karl VI tomonidan yuborilgan maktubda Yaratganning marhamati bilan franklar qiroli ekanini taʼkidlagan holda, buyuk va muzaffar hukmdor Temurbekka salom va tinchlik tilaklari yoʻllangan. Mazkur noma Fransiya bilan Amir Temur davlati oʻrtasida savdo va siyosiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish, oʻzaro foydali hamkorlikni mustahkamlash maqsadini koʻzlagan.
Qirol maktubida shunday deb yozadi:
“Biz sizning ishlaringizni, foydali takliflaringizni qabul qilamiz, imkoni bor joylarda (ularga) barobar va undan ortiqroq iltifot koʻrsatishga vaʼda beramiz.”
Ushbu maktub Amir Temurning xalqaro maydondagi nufuzi, uning dunyo davlatlari bilan yuritgan diplomatik siyosatining yaqqol dalili. Bu kabi tarixiy hujjatlar xalqaro munosabatlar, savdo va tinchlikparvar siyosat borasida ajdodlarimiz qay darajada ulugʻ maqsadlarni koʻzlaganini koʻrsatib beradi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
