Prezident Administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi
Ushbu Farmonga muvofiq, Prezident Administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Natijada Administratsiya va uning tarkibidagi tashkilotlarda 284 ta shtat qisqartirildi, takrorlanuvchi lavozimlar optimallashtirildi.
Farmonga asosan, endilikda Prezident Administratsiyasi faoliyatida 5 ta ustuvor yoʻnalish belgilandi. Bular — taʼlim, biznes, sud-huquq tizimi, tibbiyot va suv resurslari masalalaridir. Ushbu yoʻnalishlarda islohotlarni samarali amalga oshirish maqsadida Prezident Administratsiyasi rahbariga 5 nafar oʻrinbosar lavozimi joriy etildi.
Bundan tashqari, Prezidentning strategik rivojlanish, tashqi siyosat boʻyicha yangi maslahatchi lavozimlari kiritilib, moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sunʼiy intellekt, kreativ iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi, tadbirlarni tashkillashtirish, yigʻilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash boʻyicha, shuningdek, kommunikatsiya departamentlari tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan eʼlon qilingan tayinlovlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi