Ulugʻbek Mirzo oʻz kashfiyotlari orqali Yevropaga yoʻl ochgan
Temuriylar davrida yuksak ilm-fan, astronomiya va tabiiy fanlar rivoji Ulugʻbek Mirzo rahbarligida yangi bosqichga koʻtarilgan. Uning akademiyasida yaratilgan kashfiyotlar Ali Qushchi orqali Istambulga, u yerdan esa Yevropaga tarqalgan va Renessans harakatlariga asos boʻlgan. Bugun Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bu merosni toʻliq aks ettirish, tarixiy ekspozitsiyalar va qisqa metrajli filmlar orqali xalqqa yetkazish rejalashtirilmoqda.
Falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Toʻrayev Ikkinchi Renessans davridagi Turon sivilizatsiyasi yutuqlarini muhokama etish davomida bu davrni Temuriylardan to xonliklar davrigacha boʻlgan maʼnaviy va ilmiy tiklanish sifatida taʼrifladi.
“Ulugʻbek zamoni osoyishtalik va ilm-fanga bagʻishlangan davr boʻlib, urushlar kamaygan, ilm peshqadamlik qilgan. Astronomik uskunalar, yulduzlar xaritalari, Zijlar, tabiiy fanlar sohasidagi manbalar nafaqat tarix, balki bugungi kun uchun ham qimmatli yoʻlchi yulduz hisoblanadi. Shu bois, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazidagi ekspozitsiyalarda ushbu yutuqlar mukammal koʻrgazma va vizual materiallar orqali namoyon etilishi koʻzda tutilgan” - deydi B.Toʻrayev.
Mazkur tashabbus doirasida Temuriylar davridagi, hozir yoʻqolgan, ammo tarixiy manbalarda saqlanib qolgan obʼektlarning maketlari ham tiklanmoqda. Ular orasida Samarqanddagi Shayx Nuriddin Basr maqbarasi kabi yodgorliklar bor. Shuningdek, oʻsha davrning musiqa asboblari, ijro anʼanalari, maʼnaviy merosi ham eʼtibor markazida boʻladi.
Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
