Mustaqilligimizning 34 yilligi qanday gʻoya asosida oʻtkazilishi maʼlum boʻldi
Mustaqillikning 34 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan holda oʻtkaziladi.
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–222-son, 10.07.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, milliy istiqlolimizning 34 yillik shonli sanasi Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obroʻ-eʼtiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlanadi.
Mustaqillikning 34 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan holda oʻtkaziladi.
Mustaqillik bayrami Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi taʼminlanadi.
“Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulugʻ, eng aziz” kabi anʼanaviy koʻrik-tanlovlar yuqori darajada oʻtkaziladi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi