Ilm-fan ekspozitsiyalarini boyitish ustida jadal ish olib borilmoqda



 

    Olimlar va mutaxassislar Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspozitsiyasida astronomiya, matematika, kimyo, tibbiyot kabi sohalarga oid islom davri ilmiy merosini aks ettirish harakatida.

 

    Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etiladigan ilm-fanga oid ekspozitsiya zallari boʻyicha onlayn muhokamada eksponatlarni vizual va axborot jihatdan toʻgʻri namoyish etish, zamonaviy koʻrgazma vositalarini joriy etish, shuningdek, ushbu yoʻnalishga maxsus mutaxassislarni jalb etish zarurligi qayd etildi. Unda ushbu maxsus zallarni restavratsiya qilish, jihozlash, eksponatlar bilan toʻldirish va ularni namoyish etishga doir qator masalalar koʻrib chiqildi.



 

    Muloqotda qurilish va jihozlash ishlariga masʼul tashkilotlar, “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ xodimlari, Turkiyadan jalb etilgan restavratorlar va ekspozitsiya boʻyicha mutaxassislar ishtirok etdi. Ushbu yoʻnalishdagi ishlar boʻyicha muhokamalar belgilangan tartibda davom ettiriladi.