Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan saklar davriga oid bronza qozon joy oladi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi yana bir noyob artefakt bilan boyiydi. Miloddan avvalgi V asrga oid, bronzadan yasalgan saklar qozoni markaz kolleksiyasidan oʻrin oladi. Mazkur artefakt Fargʻona hududidan topilgan boʻlib, Oʻzbekiston hududidagi ilk temir davri madaniyati – saklarga xos boy maʼnaviy va moddiy merosni aks ettiradi.
Bronza qozon bezaklarida echki haykalchasi, qushlarning stilizatsiya qilingan tasvirlari va "zoomorf "ga xos sanʼat namunalari uchraydi. Bu – saklar dunyoqarashi, ishonchlar tizimi hamda hunarmandchilik mahoratini namoyon etuvchi yorqin namuna hisoblanadi.
Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, miloddan avvalgi birinchi ming yillikda Fargʻona va Choch hududlarida sak qabilalarining madaniyati keng tarqalgan. Ularning moddiy merosi orasida quyma taqinchoqlar, hayvonlar tasviri bilan bezatilgan xanjarlar va shunga oʻxshash badiiy qadriyatga ega buyumlar alohida oʻrin tutadi.
Islom sivilizatsiyasi markazi ushbu artefaktni namoyish etish orqali Oʻzbekiston hududidagi qadimiy sivilizatsiyalar oʻzaro bogʻliqligi va ularning yuksak sanʼat anʼanalarini yoritishni maqsad qilgan.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
