Tasvir orqali tarixga sayohat

 
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida har bir ekspozitsiyani videomahsulotlar bilan boyitish rejalashtirilgan. Bu orqali markazga tashrif buyuruvchilar qadimiy tarix, ulugʻ shaxslar va buyuk kashfiyotlarni nafaqat oʻqib, balki koʻrib, his qilishi mumkin boʻladi. Maqsad — tarixni faqatgina soʻzlar va detallar orqali emas, tasvirlar orqali “jonlantirish” va shu orqali islom tamaddunining uzviyligi, taʼsiri va jozibasini yanada chuqurroq namoyon etishdir.
Jumladan, Ikkinchi Renessans davriga oid ekspozitsiya uchun 99 ta videolavha tayyorlanishi koʻzda tutilgan boʻlib, ular katta va kichik LED monitorlar, bino devorlari, hatto tom qismlarida ham namoyish etilishi nazarda tutilgan. Bu loyihaga noyob koʻrinish va oʻzgacha ruh baxsh etadi. Har bir videotasvirda muayyan davr, uning yuksak shaxslari va ilm-fan yutuqlari oʻz ifodasini topadi.

 
“ART CRAFT” studiyasi direktori Hasan Salixov ushbu jarayonni tarixiy masʼuliyat deb baholar ekan, yurtimizning miloddan avvalgi davrlardan boshlab insoniyat tamadduniga qoʻshgan hissasini vizual shaklda koʻrsatish imkonini yuksak sharaf sifatida qabul qilmoqda.
“Videokontentlar yaratishda zamonaviy talablar, jumladan, sunʼiy intellekt, grafik dizayn, raqamli effektlar ham faol qoʻllanilmoqda. Eng asosiy maqsad — markazga tashrif buyurgan har bir odamni ruhan tarix ichiga kiritish, uning qalbida oʻz tarixiga nisbatan iftixor uygʻotish” - deydi H.Salixov.
    Bu saʼy-harakatlar orqali Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat eksponatlar koʻrgazmasi, balki tarixiy interaktiv markazga aylanadi.
Ko‘p o‘qilgan
 
          Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
 
          Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
 
          Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
 
           
     
     
     
    