Har bir meʼmoriy bezak – oʻz davrining evolyutsiyasini ifodalaydi
 Oʻzbekistonda 8000 dan ortiq madaniy meros obʼekti mavjud boʻlsa, ularning kamida 2500 tasi arxitektura yodgorliklaridir va ularning qiymatini aynan devorlardagi mayolikalar, peshtoqlardagi naqshlar, salobatli gumbazlar  belgilaydi. Har bir bezak — kompozitsion, konstruktiv va badiiy yechimlar jihatidan oʻziga xos. Har bir shakl ichida turfa uslub yashaydi.

    Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik instituti professori Zuhra Doʻstmetovaning taʼkidlashicha, aksar holda diqqat markazida obʼektning umumiy konstruksiyasi boʻladi. Ammo uni noyob qiladigan, uning yuragiga aylanadigan — aynan bezaklaridir.
 
— Qadimgi davrlarda hatto loy kabi oddiy materiallarga ham badiiy ruh ulagan ustalarning mahorati bugungi muzey maketlarida ham aks etishi kerak. Loydan boshlangan mahorat — bora-bora meʼmoriy jasoratga aylangan. Shu bois, har bir bezakka nafaqat estetik, balki tarixiy va ilmiy yondashuv talab etiladi — deydi professor.

    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining Ikkinchi renessans davri ekspozitsiyalari — nafaqat koʻrgazma, balki tarixning qayta tugʻilishidir. Unda har bir bezakning oʻz oʻrni va oʻz tili bor.
Ko‘p o‘qilgan
 
          Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
 
          Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
 
          Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi