Quvaytlik kolleksioner Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan xalqaro koʻrgazmada ishtirok etadi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Oʻzbekistonning Quvaytdagi elchixonasi masʼullari bilan hamkorlikda Quvaytlik taniqli kolleksioner doktor Mahmud an-Nurining xonadoniga tashrif buyurdilar.
Uchrashuv davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi, uning asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, Markaz ochilishi doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan xalqaro global koʻrgazma haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, Markaz faoliyatiga oid maxsus videorolik ham namoyish etildi. Uchrashuv davomida doktor Mahmud an-Nuri Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy majmuasining rasmiy ochilish marosimiga taklif etildi.
Kolleksioner yurtimizda islom madaniyati va maʼnaviy merosni asrab-avaylash, ularni kelgusi avlodlarga yetkazish borasida olib borilayotgan islohotlarni yuksak baholadi. U Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni qoʻllab-quvvatlashini bildirib, xalqaro koʻrgazmada oʻzining noyob eksponatlari — Boburiylar davriga oid tilla suvi yuritilgan Qurʼon, Mamluklar davriga oid Qurʼon hamda Saljuqiylar, Qoraxoniylar va Gʻaznaviylar davriga mansub, 1989 yilda "Sotheby's" auksionidan xarid qilingan oltin tangalar bilan ishtirok etishga rozilik bildirdi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi