TRT AVAZ: “Oʻzbekiston xorijdagi tarixiy merosini qaytarish yoʻlidagi saʼy-harakatlarini davom ettirmoqda”
 Turkiy tilli mamlakatlarga moʻljallangan Turkiyaning nufuzli TRT AVAZ telekanali saytida  Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan dunyo muzeylari va xususiy kolleksiyalarda saqlanayotgan tarixiy meroslarini yurtga qaytarish yoʻlidagi saʼy-harakatlariga oid xabar eʼlon qilindi. TRT AVAZ ga koʻra, London va boshqa Yevropa shaharlaridagi taniqli sanʼat kolleksiyalarida Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Temuriylar va Oʻzbek xonliklari davriga oid yuksak tarixiy va madaniy qiymatga ega ashyolar saqlanmoqda.

TRT AVAZ tomonidan eʼlon qilingan xabarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi aʼzosi, akademik Akbar Hakimovning intervyusiga alohida oʻrin berilgan. Unda Londondagi "Dovud Shoh kolleksiyasi"da saqlanayotgan, gʻaznaviylar sulolasiga mansub, Abu Mansur ibn Sabukteginga tegishli kumush patnis xususida maʼlum qilinadi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan bunyod etilayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kontentini boyitish maqsadida 2025 yil 25 apreldan 2 mayga qadar Markaz rahbari boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Buyuk Britaniyaning London shahriga qilgan xizmat safari davomida dunyodagi mashhur "Sotheby's" va "Christie's" auksion uylaridagi savdolarda ishtirok etgani haqida xabar berilgan edi.
 
    Xizmat safari davomida delegatsiya aʼzolari ishtirok etgan "Sotheby's" va "Christie's" savdo uylari auksionlarida kimoshdi savdosida Oʻzbekiston madaniy merosiga, xususan, Islomgacha boʻlgan davr, Birinchi va Ikkinchi Renessans hamda xonliklar davriga tegishli nodir osori-atiqalar ham borligi maʼlum qilinib, markaz ekspozitsiyasi uchun 46 ta lot saralab olingan edi. 
Bu kabi saʼy-harakatlar milliy merosimizni asrab-avaylash, qayta tiklash va kelajak avlodlarga yetkazishda muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.
Ko‘p o‘qilgan
 
          Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
 
          Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
 
          Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi